Termiz harbiy gospitalida navbatdagi amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

0
1038

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Termiz harbiy gospitalida “Harbiy gospitalda yoppasiga bemorlar, yaradorlar va jarohatlanganlar olib kelinganda qabul bo‘limida saralash maydonchasini tashkil etish, bemorlarni saralash va saralash brigadalarining funksional majburiyatlari” mavzusida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Dastlab Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tibbiy ta’minot xizmati boshlig‘i tibbiy xizmat podpolkovnigi Dilshod Shavqiyev ishtirokchilarga tadbirning mazmun-mohiyati va undan ko‘zlangan maqsadlarni tushuntirib o‘tdi.

Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi boshlandi. Unda  o‘quv ishtirokchilari harbiy gospital nazorat o‘tkazish punktida yarador va jarohatlanganlarni tashuvchi xizmat mashinalarini dezinfeksiya qilish ishlarini olib bordi.

Navbatdagi o‘quv nuqtasida sarlash maydonchasiga keltirilgan shartli yarador va jarohatlanganlarga malakali shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, kasalligi bo‘yicha bo‘limlarga saralash bosqichi o‘tkazildi.

Bugungi real holatlarga yaqinlashtirilgan o‘quv mashg‘ulotida harbiy shifokorlarning jang maydonlaridan keltirilgan yarador va jarohatlangan bemorlarga birinchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish va keyingi tibbiy yordam bosqichlariga evakuvatsiya qilish borasidagi amaliy ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni