Xotin-qizlar tadbirkorlik o‘quv markazi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

0
4045

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini bandligini ta’minlash, ularga ijtimoiy ko‘mak berish hamda o‘z kasbi bo‘yicha malakalarini oshirish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va sohaning turli tarmoqlariga yo‘nalitirish maqsadida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik o‘quv markazi”da navbatdagi bitiruv tantanasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv markazning navbatdagi bitiruvchilari “Tikuvchilik”, “Hisobchilik”, “Pazandachilik”, “Kompyuter savodxonligi” va “Uy hamshirasi” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z malakalarini oshirishdi.

Darhaqiqat, mazkur o‘quv kurslarida tahsil olgan bitiruvchilar o‘z malakalarini oshirish bilan birga, jamiyatimizning turli soha va tarmoqlari uchun kasb-hunar sir-asrorlarini mukammal o‘rgangan tajribali kadrlar zaxirasini yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda so‘z olganlar xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va boshqa masalalar yuzasidan olib borilayotgan islohotlar va qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Shundan so‘ng markazda tahsil olib, mavjud o‘quv kurslarini tomomlagan bir guruh harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Mayor Farruxbek SOTVOLDIYEV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti