Qoʻmondonlikda hamkorlik memorandumi imzolandi

0
3141

Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarining birida Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar normativ-huquqiy hujjatlarga tayangan holda, oʻz meʼyoriy hujjatlarida belgilangan maqsad va vazifalarini izchil amalga oshirilishini taʼminlash borasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishni hisobga olib, aniq va manzilli vazifalar toʻgʻrisida kelishib oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini Vatanga sadoqat va yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan yoshlarni “Vatanpavar” tashkilotining oʻquv kurslarida mehnat bozorining talabi yuqori boʻlgan texnik kasblarga oʻqitish orqali ularni kasbga tayyorlash oʻzaro hamkorlikning asosiy maqsadi ekanligi aytib oʻtildi.

Tadbirda soʻz olgan soha mutaxassislari tomonidan markazda mavjud taʼlim yoʻnalishlari, oʻqish davriyligi, tartibi va toʻgaraklar faoliyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berilib, bugungi kunda tashkilot tomonidan yoshlarimizni harbiy xizmatga tayyorlash, ular oʻrtasida yoʻl harakati havfsizligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar olib borilayotganini aytib oʻtishdi.

Mayor Farruxbek Sotvoldiyev, Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti