Bekobodlik yoshlarda iliq taassurot uyg‘otgan uchrashuv

0
6280

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Bekobod shahar hokimi Nasrullo Babayev, Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi a’zolari, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti mutasaddilari hamda hamkorlikdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Jur’at Yakubov mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, imtiyoz va imkoniyatlar haqida gapirib, Qurolli Kuchlarimizda yoshlarga oid davlat siyosatining amaldagi ijrosi yuzasidan ma’lumotlar berdi. 

Tadbirning asosiy qismida Bekobod shahar o‘quvchi yoshlari qo‘mondon bilan ochiq muloqotga kirishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Har qanday rasmiyatchilikdan holi kechgan suhbat o‘quvchi yoshlarda ijobiy taa’ssurot uyg‘otdi.

Shuningdek, mehmonlar harbiy qism faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati va harbiy hizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlarini e’tirof etdi.

Kun yakunida esa bir guruh faol yoshlar hamda hamkor tashkilotlar rahbarlari qo‘mondon tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar qo‘mondonlik va unga bo‘ysunuvchi harbiy qismlarda ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Mayor Farruxbek Sotvoldiyev,
Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti