Kegeyli yoshlari mudofaa vaziri kubogi bahslarining dastlabki bosqichida kuch sinashdi

0
6049

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa va Sportni rivojlantirish vazirliklari hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va yoshlar oʻrtasida sportning milliy kurash va tosh koʻtarish turlari boʻyicha mudofaa vaziri kubogi musobaqalar oʻtkazib kelinmoqda.

Ana shunday musobaqaning quyi bosqichi Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugi qо‘mondonligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hamda “Vatanparvar” tashkiloti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tasarrufidagi Kegeyli tumani О‘quv sport texnika klubi tashabbusi bilan Kegeyli tumanidagi markaziy о‘yingohda mahalla ahli va nuroniylar, sportga ishtiyoqmand yoshlar ishtirokida bо‘lib о‘tdi.

Musobaqada Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Qodirjon Tursunov hamda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farhodjon Shermatov ishtirok etdi.

Yosh va umidli polvonlarning shijoati, gʻalabaga boʻlgan kuchli ishtiyoqi barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Gʻolib va faxriy oʻrinlar sohiblari tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirildi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati