Aviatsiya bilim yurti kursantlari yakuniy davlat imtihonlarini topshirmoqda

0
3460

Davlat attestatsiyasi bitiruvchi bosqich kursantlari uchun juda muhim jarayondir. Boisi bu turdagi davlat imtihonlarida faqatgina mustahkam bilimga ega bo‘lganlargina yuqori natijalarni qayd etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti bitiruvchi kursantlari ham ana shunda muhim jarayonlarda ishtirok etib, navbatdagi yakuniy davlat imtihonlarini topshirmoqda.

Imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishini Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi boshqarma ofitserlari hamda ma’sul mutaxassislardan iborat maxsus komissiya a’zolari nazoratga olgan.

Ayni vaqtda kursantlar ixtisoslashgan maxsus fanlar, aviatsiya qismlarida muhandislik aviatsiya ta’minoti, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar hamda chet tili fanlaridan belgilangan topshiriqlarni bajarib, besh yil davomida olgan nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida davlat imtihonlari davom etmoqda.

Mayor Farux ZOKIROV,
O‘zbekiston Respublikasi
oliy harbiy aviatsiya bilim yurti