“Eng ilgʻor tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” tanlovining harbiy okrug bosqichi oʻtkazildi

0
900

Markaziy harbiy okrugning “Forish” togʻ poligonida “Eng ilgʻor tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” koʻrik tanlovining okrug bosqichi oʻtkazildi. Tanlov saf koʻrigi bilan boshlandi. Shundan soʻng ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi sinovdan oʻtkazilib, unda 100 metr va 3 kilometr masofaga vaqt kesimida yugurish hamda turnikda tortilish nazorat sinovlari olib borildi.

Shuningdek, tanlov davomida ishtirokchilarning texnik, taktik, kasbiy hamda otish tayyorgarligi sinovlardan oʻtkazildi. Ushbu sinovlar soha vakillari oʻrtasida qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻldi. Ayniqsa, sohaga oid oʻtkazilgan test sinovlari ofitserlarning bilim va koʻnikmalarini yanada oshirishga xizmat qildi.

Tanlov yakuniga koʻra, ilgʻorlar quyidagicha belgilandi:

Endilikda ushbu bosqich gʻoliblari Mudofaa vazirligi miqyosida oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etishadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati