Jadidlar ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati

0
537

Bugungi kunda yuartimizda adabiyotga, xususan, kitob mutolaasiga qaratilgan e’tibor yanada kuchaymoqda. Sharqiy harbiy okrug Andijon garnizoniga qarashli harbiy qismlarning birida ma’naviyatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan jadidlar ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan kechada harbiy xizmatchilar, yozuvchilar uyushmasi a’zolari, adabiyotshunoslar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Darhaqiqat, milliy o‘zligimizning turfa qirralari Abdulla Qodiriy kabi buyuk adib va shoirlar ijodida o‘z ifodasini topgan. Uchrashuvda so‘z olganlar tomonidan ma’naviyat bobida shu ulug‘ adibimiz ijodini teran nigoh bilan o‘qib-o‘rganish maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, tadbirda o‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan, uning rivoji uchun hissa qo‘shgan buyuk adiblarning hayot va ijod yo‘lini cho‘qurroq o‘rganib, boy adabiy merosini asrab-avaylab, ularning xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni jadal davom ettirish borasida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari tomonidan Abdulla Qodiriyning  “Mehrobdan chayon” hamda “O‘tkan kunlar”  asarlarining mazmun-mohiyati badiiy tahlil qilinib, ulardagi syujet va qahramonlarning xarakterlari borasida batafsil fikr yuritildi.

Munozara mobaynida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob oldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati