“Vatanparvarlar” harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

0
5528

Fargʻona, Andijon hamda Namangan viloyatlarida tuman va mahallalar bosqichiga gʻolib boʻlgan uyushmagan yoshlar oʻrtasida mudofaa vaziri kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Musobaqaning viloyat bosqichida ishtirokchilar “Harbiy estafeta”, “Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish”, “Merganlik mahorati”, “Saf qoʻshiqlari” hamda “Temur tuzuklari bilimdoni” yoʻnalishlarida bellashishdi.

Yigitlar bilan bir qatorda qizlar ham musobaqada faol qatnashayotgani ham quvonarli, albatta. Har bir yoʻnalish boʻyicha bahslar murosasiz kechdi. Musobaqaning adolatli va shaffof tarzda oʻtkazilishi hakamlar hayʼati tomonidan xolisona nazorat qilib borildi.

Yakuniy natijalar koʻra, Fargʻona viloyati boʻyicha faxrli birinchi oʻrin — Beshariq, Andijon viloyati boʻyicha — Izboskan, Namangan viloyati boʻyicha esa Toʻraqoʻrgʻon tumani jamoalariga nasib etdi.

Shuningdek, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugining Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qismida ham mudofaa vazirining kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining Buxoro viloyati bosqichi oʻtkazildi.

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil etish va ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda yoshlarni sport oʻyinlariga ommaviy tarzda jalb qilish maqsadida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda barcha qatnashchilar gʻoliblik uchun bor mahoratlarini ishga solishdi.

Gʻolib jamoalar viloyatlar hokimliklarii hamda okrug qoʻmondonligi tomonidan diplom va qimmatbaxo sovgʻalar bilan taqdirlandi.