Bugun bolasiz — ertaga harbiy bo‘lasiz

0
545

Yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida o‘stirish, ularni Vatanga va xalqiga sodiq farzand etib tarbiyalash muqaddas burchdir. Bu xizmat yo‘lida hormay-tolmay mehnat qilayotgan, sharafli vazifani ado etmoq uchun tinmasdan maqsad sari o‘zini fido aylagan yurtdoshlarimiz talaygina.
Bugungi kunda harbiy xizmatchilar shu kabi xayrli ishlarni bajarmoqqa shaylangan. Andijonda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism bir guruh harbiylari “Bolani tarbiyalash — harbiy xizmatchining burchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirdi. Unda viloyatdagi Faxriylar kengashi, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirda qatnashgan o‘quvchi yoshlar harbiylardan kerakli saboqlarni oldi. Har bir o‘quvchi kelajakda yurtning koriga yaraydigan sodiq farzand bo‘lishni angladi.

Azim AXTAMOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti