Qoʻl jangi boʻyicha Jahon Kubogi bahslariga nomzodlar saralanmoqda

0
672

Kecha, 14-oktyabr kuni Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida qoʻl jangi chempionatiga start berildi.
Toshkent viloyatidagi harbiy qismlardan birida oʻtkazilayotgan musobaqada 14 jamoa tarkibida 300 yaqin qoʻl jangi ustasi oʻzaro bellashmoqda. Chempionat nizomiga koʻra sakkizta vazn toifasi gʻolibi boʻlgan sportchi harbiy xizmatchilar kelgusi oy Moskvada oʻtkaziladigan Jahon Kubogida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Chempionatning birinchi kuni gʻoliblik va sovrinli oʻrinlar uchun daʼvogarlik qilayotgan ishtirokchilar saralash bahalarida tatamiga chiqishdi. Musobaqa sovrindorlari nomi shanba kuni boʻlib oʻtadigan hal qiluvchi janglardan keyin aniqlanadi.

Asror ROʻZIBOYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti