Mudofaa vazirining kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari

0
773

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 92-son hamda “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyaiash va yoshlar masalalari boʻyicha idoralararo hamkorlikni taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi 93m-son qarorlarida belgilangan vazifalami oʻz vaqtida va samarali ijro etish maqsadida Mudofaa vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportni keng targʻib etish hamda ommaviy tarzda sport bilan shugʻullanishlarini yanada oshirish maqsadida 2022-yil mart-aprel oylarida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11 sinflarida tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida Mudofaa vazirining kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari uch bosqichda tashkil etildi.

Mazkur musobaqaning I bosqichida – tuman (shahar) birinchiligi bosqichida respublikamizning 9 mingga yaqin umumtalim muassasalaridan 10 mingga yaqin oʻquvchi-yoshlar; II bosqich – hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) birinchiligi bosqichida 200 dan ortiq umumtaʼlim muassasalaridan 3 ming 700 dan ortiq oʻquvchi-voshlar; III bosqich – respublika bosqichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 ta jamoa ishtirok etib, 160 nafar oʻquvchi-yoshlar 6 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Harbiy-sport musobaqasi yakunlariga koʻra faxrli birinchi oʻrinni -Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani, ikkinchi oʻrinni – Samarqand viloyati Paxtachi tumani va uchinchi oʻrinni – Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani oʻquvchi-yoshlari jamoalari egalladilar.

Ushbu musobaqada “Yeng yaxshi mergan” nominatsiyasida gʻoliblikni Xorazm viloyati Xiva shahar 18- umumiy oʻrta taʼlim maktabi jamoasi aʼzosi Qurbonboyev Jayxun Otabek qoʻlga kiritib, otish vaqtida 92 ball olib, eng yaxshi natija koʻrsatdi; “Yeng kuchli sportchi” nominatsiyasida gʻoliblikni Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabi jamoasi aʼzosi Safarboyev Azizbek Zohid oʻgʻli qoʻlga kiritib, musobaqaning “Harbiylashgan estafeta” sharti boʻyicha eng yuqori natija koʻrsatdi.

“Amir Temur tuzuklari bilimdoni” nominatsiyasida gʻoliblikni Surxondaryo viloyati Termiz tumani 16-son ingliz tili fanini chuqurlashtirib oʻqitishga iqtisoslashtirilgan maktab jamoasi aʼzosi Xoʻjabekov Ubaydullo Neʼmatovich qoʻlga kiritib, mazkur yoʻnalishda yuqori bilimga ekanligini koʻrsatdi.

Maʼlumot oʻrnida: I oʻrinni egallagan jamoa – mudofaa vazirining kubogi,
I darajali diplom, har bir jamoa aʼzosiga medal, faxriy yorliq va sport velosipedi (10 dona, Mudofaa vazirligi hisobidan) hamda jamoaviy sovgʻa sifatida maktabga topshirish uchun Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan taqdim etilgan 1 dona 55 dyuymli “Artel” rusumli televizor bilan; II oʻrinni egallagan jamoa
II darajali diplom, har bir jamoa aʼzosiga medal, faxriy yorliq, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etilgan planshet (10 dona) hamda jamoaviy sovgʻa sifatida maktabga topshirish uchun Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan taqdim etilgan 1 dona 43 dyuymli televizor bilan; III oʻrinni egallagan jamoa
III darajali diplom, har bir jamoa aʼzosiga medal va faxriy yorliq, Mudofaa vazirligi hisobidan 32 dyuymli televizor (10 dona), jamoaviy sovgʻa sifatida maktabga topshirish uchun MK “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan taqdim etilgan
1 dona 32 dyuymli televizor bilan; “Eng yaxshi mergan”, “Eng kuchli sportchi” va “Amir Temur tuzuklari bilimdoni” nominatsiyalari boʻyicha 1 nafardan gʻoliblar Faxriy yorliq va statuyetkalar bilan taqdirlandilar.

Shu yil ilk marotaba “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining bosqchilarida davlat umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari bilan bir qatorda nodavlat maktablari oʻquvchi-yoshlari ham ishtirok etishdi.

Jumladan, Jizzax viloyati “Temuriy izdoshlari” nodavlat taʼlim muassasasi jamoasi Mudofaa vazirining diplomi va 1 dona 43 dyuymli televizor bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan masobaqani barcha ishtirokchilarga 5 donadan kitob sovgʻa qilindi.

Oʻtkazilgan musobaqalar ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi (Oʻzbekiston 24, Yoshlar, MY-5 va internet saytlarda).

Mazkur “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari orqali yoshlarni iqtidori namoyon boʻldi, ularda jamoa boʻlib harakat qilish, bir-birini qoʻllab-quvvatlash, oʻrtoqlik hissi mustahkamlandi hamda qanchadan qancha iqtidorli yoshlar kashf qilindi.

Mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab, uch bosqichda oʻtkazilgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari intellektual bilim, yuksak jismoniy tayyorgarlik, boy tajriba va koʻnikmalarga ega boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qildi.