MVSK turnirni gʻalaba bilan boshladi

0
3291

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida havaskor xokkeychilar oʻrtasida “Sirius kubogi” I xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda. Birinchi marta oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini Mudofaa vazirligining MVSK jamoasi himoya qilmoqda.

A guruhida qatnashayotgan armiyachilarimiz bugun turnirdagi debyut oʻyinni gʻalaba bilan boshlashdi. Toshkent vaqti bilan 16.00da “Sirius” jamoasi bilan start olgan oʻyin MVSKning 8:5 hisobidagi ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi. Raqib darvozasiga gollar Artyom Yefremov (uchta), Marat Raximov (ikkita), Xayritdin Olimxoʻjayev, Ilya Vodyannikov va Vladimir Novomirskiy (bittadan) tomonidan kiritildi.

MVSK navbatdagi oʻyinlarni “Roskongress” (Rossiya Federatsiyasi) bilan ertaga, “Щit” (Belarus Respublikasi) jamoasi bilan 27-may kuni maydonga tushadi. Navbatdagi yutuq hamyurtlarimiz uchun yarim final yoʻllanmasini taqdim qiladi.

Musobaqaning V guruhida “Olimp” (Rossiya Federatsiyasi), “Premyer” (Rossiya Federatsiyasi), “Eskulapi” (Rossiya Federatsiyasi) hamda “Mapid” (Belarus Respublikasi) jamoalari oʻzaro bellashishmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti