“Qodiriyni yod etib” mavzusida adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi

0
538

Toshkentda Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarning birida bir guruh harbiy xizmatchilar ishtirokida “Qodiriyni yod etib” mavzusida adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi.

Abdulla Qodiriyning memorial muzeyida tashkil etilgan tadbirda san’at va madaniyat xodimlari, poytaxt hokimligi masʼullari, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan soʻzlangan maʼruzalar tinglandi, adib qoʻlyozmalari asosida oʻquvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Mayor Farruxbek Sotvoldiyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti