Surxondaryo viloyatidagi harbiy shaharchalarda “Qo‘mondon qabuli” bo‘lib o‘tmoqda

0
6019

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida “Qo‘mondon qabuli tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov, harbiy gospital shifokorlari, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari, shuningdek Sariosiyo tuman hokimligi, tuman bandlikka ko‘maklashish hamda Oila va xotin qizlarni qo‘llab quvvatlash markazlari xodimlari ishtirok etdi.

Qabul davomida har bir oila tomonidan bildirilgan muammolar alohida tinglanib, ularning yechimini shu joyning o‘zida hal etish bo‘yicha zudlik bilan ijobiy choralar ko‘rildi.

Shuningdek, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi mas’ul ofitserlari tomonidan qo‘shimcha ichki qabullar tashkil qilinib, kelib tushgan arizalar ko‘rib chiqish uchun ijroga olindi.

Bu kabi “Qo‘mondon qabuli” nomli uchrashuvlar harbiy okrug tasarrufidagi boshqa harbiy qismlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni