Termizda Abdulla Qodiriy xotirasiga bagʻishlangan maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

0
516

Termiz shahridagi adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot kutubxona markazida oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi mintaqaviy boʻlimi vakillari, faxriylar, Oʻzbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-nogironlar birlashmasi viloyat boʻlimi aʼzolari, Termiz davlat universiteti oʻqituvchilari, bir guruh oʻquvchi yoshlar hamda chaqiriluvchilar ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar tomonidan oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan atoqli adibning ijodiy merosi bugungi kunda yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarda nechogʻliq qoʻl kelayotgani taʼkidlab oʻtildi. Tadbir davomida ijodkorning kitobxonlar qalbidan joy olgan durdona asarlaridan parchalar oʻqilishi barchada iliq taassurot qoldirdi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni