Fargʻonada harbiylashgan qoʻriqlov boʻlinmalari mutaxassislari oʻrtasida musobaqa oʻtkazildi

0
730

Sharqiy harbiy okrug “Fargʻona” dala oʻquv maydonida respublika miqyosidagi oʻta muhim va toifalangan obektlarni qoʻriqlash uchun jalb qilingan harbiylashgan qoʻriqlov boʻlinmalari oʻrtasida “Eng ilgʻor mutaxassis” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar dastlab qisqa masofaga yugurish boʻyicha oʻzaro bellashdi. Shundan soʻng turnikda tortinish, 3 km masofaga vaqt kesimida yugurish bahslari boʻlib oʻtdi. Start chizigʻidan yugurishni boshlagan ishtirokchilar bir yarim kilomert masofadagi burilish belgisigacha va yana ortga – finish chizigʻiga qadar oʻz irodalarini namoyon qildilar.Musobaqaning navbatdagi shartida ishtirokchilarning kasbiy bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Unda maxsus test savollariga javob berildi.

Keyin esa navbat bilan musobaqa ishtirokchilarining tibbiy tayyorgarlik boʻyicha amaliy koʻnikmalari, merganliklari sinovdan otkazildi.

Yakunda uchinchi oʻrinni “Oʻzmetkombinat” jamoasi, ikkinchi oʻrinni “avariya-qutqaruv otryadi” egallagan boʻlsa, faxrli birinchi oʻrin Navoiy kon metallurgiya kombinati jamoasiga nasib etdi.Bundan tashqari musobaqada munosib ishtirok etib, har tomonlama oʻzini koʻrsatgan ishtirokchilar yakka tartibda taqdirlanishdi.

Goliblar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati