Saylov borasida savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati

0
577

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan Madaniyat markazida harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolarini huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida okrug harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha yetkachi mutaxassis, Quroli Kuchlar xizmatchisi Tamara Mamanova, Surxondaryo viloyat mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Zulhumor Xidirova, Termiz shahar adliya boʻlimi boshligʻi Abdusalim Jabborov ishtirok etdi.

Tadbirda harbiy xizmatchilarining oila aʼzolariga saylov huquqlari, saylov komissiyalari tizimi, saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlar, saylov prinsiplari, siyosiy partiyalar, nomzodlarni koʻrsatish, ovoz berish, xususan, saylovda harbiy xizmatchilarning oilalari ishtiroki toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,

Termiz garnizoni