Samarqand va Navoiy yoshlari harbiy-sport musobaqalarning respublika bosqichida ishtirok etadi

0
3463

Mahallalardagi uyushmagan yoshlardan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida mudofaa vaziri kubogi uchun oʻtkazilayotgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining Samarqand hamda Navoiy viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.

Markaziy harbiy okrugning “Sazagan” dala-oʻquv maydonida oʻtkazilgan musobaqa davomida samarqandlik yoshlar qizgʻin va murosasiz bahslarni olib borib, oʻzlarining kuch va bilimlarini nomoyon etishdi.

Yakuniy natijaga koʻra, faxrli 1-oʻrinni Pastdargʻom tumanidani “Bogʻonali” MFYning uyushmagan yoshlaridan tashkil topgan “Humo” jamoasi egalladi.

Navoiy viloyatidagi 2 ta shahar va 9 ta tumanning mahalla yoshlari oʻrtasida bahslar Navoiy shahridagi “Yoshlar sport muajmuasi”da oʻtkazilib, unda oʻquvchi yoshlar bilan birga mahalla yoshlari yetakchilari ham bevosita ishtirok etib, oʻzining tumani va mahallasi sha’nini munosib himoya qilishdi.

Ushbu musobaqaning yakuniy natijasiga koʻra esa faxrli 1-oʻrinni Xatirchi tumanining “Tasmachi” MFY dagi “Tasmachi burgutlar” jamoasining yoshlari egallashdi.

Endilikda “Tasmachi lochinlar” jamoasi Navoiy viloyatini va “Humo” jamoasi Samarqand viloyatining sha’nini himoya qilib, mudofaa vaziri kubogi uchun oʻtkaziladigan respublika bosqichida ishtirok etadi.

Har ikki viloyat bosqichida ham muobaqa va nominatsiya gʻoliblari Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Yoshlar ishlar agentligi, Yoshlar ittifoqi hamda Mudofaa ishlar boshqarmasining tomonidan kubog, diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Markaziy harbiy okurg matbuot xizmati