Vatanga qasamyod – yuksak sharaf

0
7849

Bugun, 24-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi oʻtkazildi.

Xususan, poytaxtimizdagi “Vatanga qasamyod” majmuasida oʻtkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi general-mayor Shuhrat Xolmuhammedov yigʻilganlar eʼtiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini oʻqib eshittirdi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar yurt osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilishga bel bogʻlagan oʻgʻlonlarga oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.

Taʼkidlash lozimki, bu kabi tantanali marosimlar bugun barcha harbiy okruglar, harbiy qism va muassasalarda oʻtkazilmoqda. Joylardagi marosimlarda Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar va harbiy qismlarning masʼul ofitserlari tomonidan har bir yurt oʻgʻloniga muddatli harbiy xizmat davomida ulkan zafarlar tilanmoqda.

Asosiy tadbirdan soʻng, harbiy xizmatchilar tomonidan koʻrgazmali qoʻl jangi va jangovar chiqishlar, konsert dasturlari namoyish etiladi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti
Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti