Bilim yurtida namunali harbiy oila aniqlandi

0
2877

Kecha, 19-aprel kuni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti madaniyat markazida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida “Namunali harbiy oila” ko‘rik-tanlovining muassasa bosqichi o‘tkazildi.

Bilim yurti harbiy xizmatchilari oilalari o‘rtasida millatimizga xos bo‘lgan milliy urf-odatlar, qadriyatlar, zamonaviy turmush tarzini targ‘ib etish, har tomonlama komil harbiy xizmatchi oilasini shakllantirish maqsadida tashkil qilingan ko‘rik-tanlov qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.

Musobaqa qatnashchilari  “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi”, “Ota-oila ustuni”, “Ona-mohir yaratuvchi”, “Farzandim-dilbandim” va “Tezkor savol javob”  kabi 5 ta shart bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini ishga solgan holda g‘oliblik uchun harakat qilishdi.

Qiziqarli bahslarga boy kechgan tanlovda III-darajali serjant Orifjon Soliyev oilasi 2-o‘rinni hamda podpolkovnik Latif Sharipov oilasi 3-o‘rinni egalladilar. Barcha shartlarda yuqori natijalar ko‘rsatgan podpolkovnik Baxromjon Muxiddinov oilasi birinchi o‘rinni egalladi hamda ko‘rik-tanlovning okrug bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Tanlov yakunida barcha ishtirokchilarga bilim yurti boshlig‘ining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti