Talabalar o‘qishni Aloqa harbiy institutida davom ettirish niyatida

0
3465

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarining kelgusida Aloqa harbiy institutida o‘qishni davom etirishni niyat qilgan talabalari ishtirokida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.

Unda talabalar bolalikdan yurtga sidqidildan xizmat qiladigan inson bo‘lish va buning uchun nufuzli oliy ta’lim muassasalarida o‘qish ularning eng katta orzusi ekanligi, bu orzuni amalga oshirish uchun tinim bilmay izlanayotgani, ustozlaridan saboqlar olib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar sohasini mukammal o‘rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganliklarini ta’kidlab o‘tishdi.

Uchrashuv davomida talabalar va institut rahbariyati o‘rtasida sohaga doir savol-javoblar va takliflar bilan murojaat bo‘lib o‘tdi. Aloqa harbiy instituti rahbariyati tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

Siz talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, islohotlarni amalga oshirishda yetakchi drayverlarga aylantirish, faol fuqarolik pozitsiyaga ega bo‘lishingizda barcha sharoitlarni yaratish — bu bizning oldimizdagi ulkan vazifa hamda majburiyatimizdir”, — deya ta’kidlab o‘tgan institut boshlig‘i Hakim Muhitdinov.

Qizg‘in o‘tgan uchrashuv so‘ngida talabalar institut faoliyati, kursantlarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mazkur ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirishdi.

 Mayor Sherqo‘zi HAKIMOV,
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
va aloqa harbiy instituti