Samarqandda harbiy qismning tashkil etilgan kuni nishonlandi

0
3867

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand garnizonida harbiy qism tashkil etilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda harbiy okrug qo‘mondonligi ofitserlari, Samarqand viloyati hokimligi vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va xizmatchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov harbiy qism shaxsiy tarkibini qutlug‘ sana bilan tabriklab, harbiy qism harbiy xizmatchilari uzoq yillar davomida turli taktik-o‘quv mashg‘ulotlarida, umumarmiya o‘yinlarida, xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib kelayotganliklarini e’tirof etdi hamda yurt posbonlarining xizmat faoliyatida ulkan zafarlar tiladi.

Sana munosabati bilan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muayyan yutuqlarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilar harbiy okrug qo‘mondoni hamda viloyat hokimligi tomonidan navbatdagi harbiy unvonlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida Samarqand shahar madaniyat bo‘limining san’atkorlari hamda harbiy  jamoalarning bayram konserti barchaga bayram shukuhini ulashdi.

 Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati