Korrupsiya jamiyat kushandasi

0
5465

Keyingi yillarda mamlakatimizda qonunbuzarliklarga qarshi kurash borasida muhim tashkiliy-xuquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholi va harbiy xizmatchilarning xuquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, jamiyatda qonunbuzarliklarga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar olib borilmoqda.

Jumladan, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi Madaniyat va ma’rifat markazida qonunbuzarliklarga  qarshi kurashish va xuquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, Farg‘ona harbiy prokurori, harbiy xizmatchilar, viloyat Mudofaa ishlari boshqarma, bo‘lim boshliqlari va Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari hamda bir qator xuquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan kontrakt bo‘yicha ofitser va serjantlar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari qonunlarimizga tayangan holda xizmat majburiyatlari va vazifalarini vijdonan bajarishi, ularning milliy armiyamiz rivojiga qo‘shgan eng muhim hissasi ekanligi ta’kidlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmat