Termiz garnizonida namunali harbiylar oilasi aniqlandi

0
5997

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism madaniyat markazida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan «Namunali harbiy oila» ko‘rik-tanlovining garnizon bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Termiz garnizonida joylashgan  harbiy qismlardan saralangan 6 nafar harbiy xizmatchining oilasi ishtirok etdi.

Tanlov ishtirokchilarining har bir chiqishi Janubiy operativ qo‘mondonligi Xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Dilorom Adilova boshchiligidagi hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.

Tanlovda ishtirokchilar “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi”, “Ota – oila ustuni”, “Ona – mohir yaratuvchi”, “Farzandim – dilbandim” hamda “Buyuk ajdodlar siymosi” kabi 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.

Tanlovning yakuniy natijalarga ko‘ra kichik serjant Xusniddin O‘rayevning oilasi mutlaq g‘olib deya e’tirof etildi. Ikkinchi o‘rinni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Davron Xushvaqtovning oilasi egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Faxriddin To‘raqulov oilasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni