Termizda yoshlar harbiy okrug qoʻmondoni tomonidan taqdirlandi

0
5072

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda Termiz shahridagi 6 ta mahalla yoshlari ishtirokida sport musobaqalari tashkil etildi.

Aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, mahallalarda yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishini oshirish, sport oʻyinlarini ommalashtirish maqsadlarida tashkil etilgan musobaqalarda yoshlar 4 ta yoʻnalish – harbiy estafeta, mini futbol, stol tennisi va tosh koʻtarish turlari boʻyicha bellashdilar.

Ushbu musobaqalar bizda juda katta taʼsurot qoldirdi,- deydi Bogʻishamol mahalla fuqarolar yigʻinida kelgan yosh ishtirokchi Bekzod Oʻrinov. Mana harbiylarga yaratilgan shart-sharoitlarni faqat televizordan koʻrar edim, bugun oʻzim guvoxi boʻlib harbiy akalarimizmiz foydalanayotgan sport majmuasida shugʻullanib koʻrdim va kelajakda oʻz oldimga men ham harbiy boʻlishni maqsad qilib tadbir davomida harbiy mutaxassislardan tegishli maʼlumotlarga ega boʻldim.

Tashkil etilgan musobaqalarning yakuniy natijalarga koʻra uchinchi oʻrinni “Baynalminal” MFY, ikkinchi oʻrinni “Alisher Navoiy” MFY hamda faxrli birinchi oʻrinni “Bogʻishamol” MFY yoshlari qoʻlga kiritdi.

Musobaqa gʻoliblari Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni tomonidan qimmatbaxo sovgʻa va medallar bilan taqdirlandilar.

Surxondaryo viloyati mahallalarida yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokidagi shu kabi musobaqalarning oʻtkazilishi davom etmoqda.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni