Armiya qoʻl jangi chempionati gʻoliblari aniqlandi

0
4946

Mudofaa vazirligi Sport markazining sport majmuasida Mudofaa vazirligi qoʻshinlari miqyosida armiya qoʻl jangi boʻyicha chempionat oʻtkazildi. Unda qoʻmondonliklar, harbiy okruglar, oliy harbiy taʼlim muassasalaridan kelgan jamoa vakilllari 57 kg vazngacha, 62 kg vazngacha, 67 kg vazngacha, 73 kg vazngacha, 80 kg vazngacha, 88 kg vazngacha, 97 kg vazngacha hamda 97 kgdan yuqori vazn toifasida bellashdilar.

Ikki kun davomida 8 ta vazn toifasidagi janglarda gʻolib va sovrindor boʻlgan ishtirokchilarga mudofaa vazirining oʻrinbosari polkovnik Alisher Norboyev, Qoʻl jangi federatsiyasi rahbariyati vakillari, jahon va osiyo chempionati gʻoliblari tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Gʻoliblik esa 57 kg vazngacha kichik serjant A.Qosimovga (Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug), 62 kg vazngacha kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi J.Toʻxtasinovga (Toshkent harbiy okrugi), 67 kg vazngacha kichik serjant A.Xusanovga (Toshkent harbiy okrugi), 73 kg vazngacha kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi X.Roʻziyevga (Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug), 80 kg vazngacha kichik serjant O.Qodirovga (Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug), 88 kg vazngacha kichik serjant R.Goziyevga (Toshkent harbiy okrugi), 97 kg vazngacha kichik serjant Sh.Muhammadaminovga (Toshkent harbiy okrugi) hamda 97 kg.dan yuqori vazn toifasida kichik serjant S.Qurbonovga (Toshkent harbiy okrugi) nasib qildi.

Umumjamoa hisobida 1-oʻringa Toshkent harbiy okrugi, 2-oʻringa Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug, 3-oʻringa Markaziy harbiy okrug vakillari sazovor boʻldi.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti