Askarlarga tantanali ravishda qo‘mondonlikning tavsiyanomalari topshirilmoqda

0
3391

Respublikamiz bo‘ylab joylarda Vatan oldidagi yigitlik burchi – muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan o‘g‘lonlarni tantanali ravishda yashash manzillariga kuzatish tadbirlari davom etmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida bo‘lib o‘tdi.

Tumanning Yoshlar markazida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda Qurolli Kuchlar faxriylari xizmat majburiyatlarini sidqidildan bajargan askarlarga minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham ona Vatan, el-yurt uchun jonkuyar, fidoyi inson bo‘lib qolishlariga ishonch bildirishdi.

Shuningdek, tantanali tadbirda jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari hamda maxsus o‘quv topshiriqlarini bajarishda fidoyilik ko‘rsatgan, yuksak harbiy intizomi va salohiyati bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh askarlarning ota-onalariga harbiy qism qo‘mondonligining minnatdorchilik xati hamda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha imtiyoz beradigan tavsiyanomalar topshirildi.

Bu kabi tadbirlar harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligining boshqa harbiy qismlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.

    Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti