Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi jamoasi “Talabalar teatr studiyalari” festivalida

0
577

10-oktabr kuni Toshkent davlat pedagogika universitetida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 2-hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur bosqichda Oʻzbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazining “Kreativ” teatr jamoasi, Toshkent farmatsevtika instituti, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining teatr jamolari ishtirok etdi.

Qiziq va hayajonga boy oʻtgan ushbu festival yakunida “Kreativ” teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Jaholat qurbonlari” nomli spektakl hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deya topildi. G‘olib jamoa “Talabalar teatr studiyalari” festivalining mintaqaviy bosqichiga yoʻl oldi.