Jahon chempionatining sovrindori tantanali kutib olindi

0
2865

Kuni kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida qilichbozlik boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan sportcilar tantanali kutib olindi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri, Oʻzbekiston Milliy Olimpia qoʻmitasi, federasiya vakillari, Mudofaa vazirligi Sport markazi masʼul shaxslari hamda sportchilarning yaqinlari ishtirok etishdi.

Eslatib oʻtamiz, Mudofaa vazirligi SHGʻHO sport vzvodi sportchisi oddiy askar Zaynab Dayibekova jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi oddiy askar Zaynab Dayibekova va Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi.