Kursantlar “Amir Temur – buyuk davlat asoschisi va bunyodkori” mavzusidagi zakovat intellektual oʻyinida oʻzaro bellashishdi

0
2893

Mamlakatimizda Sohibqiron, markazlashgan davlat arbobi Amir Temur tavalludining 686-yilligi keng nishonlanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida kursantlar oʻrtasida “Amir Temur-buyuk davlat asoschisi va bunyodkori” mavzusida zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi.

Buyuk sohibqiron Amir Temurning markazlashgan davlat barpo etish borasidagi tarixiy xizmati, yetuk sarkardalik mahorati, noyob harbiy taktika va strategiyasi hamda uning nafaqat oʻsha davr, balki keyingi davr jahon harbiy sanʼati rivojlanishiga qoʻshgan hissasini chuqur oʻrganish maqsadida tashkil etilgan zakovat intellektual oʻyinida akademiya umumqoʻshin fakultetining 4 ta kurs kursantlari uch shart yoʻnalishi boʻyicha 4 jamoaga boʻlingan holda oʻzaro bellashishdi.

Musobaqaning birinchi shartida har bir jamoaga 5 tadan savol tanlash imkoniyati berilgan boʻlsa, ikkinchi shartda sohibqiron Amir Temurning muhim janglaridan biri haqidagi vazifani izohlab berish, uchinchi shartda esa har bir jamoa sardorlariga Sohibqiron Amir Temur faoliyati va merosiga oid 15 tadan savollarga tezkor javoblar berildi.

Zakovat intellektual oʻyinining yakuniy natijalariga koʻra 4-bosqich kursantlari (150 ball) birinchi oʻrinni, 3-bosqich kursantlari (115 ball) ikkinchi hamda 1-bosqich kursantlari (107 ball) uchinchi oʻrinni egallashdi.

MUDOFAA VAZIRLIGI AXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR DEPARTAMENTI