“Vatanparvar” tashkilotida bir guruh xodimlar taqdirlandi

0
4700

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashida DOSAAF (Armiya, aviatsiya va flotga ko‘maklashuvchi butun ittifoq ko‘ngillilar jamiyati) tashkil etilganiga 95 yil to‘lishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Dastlab tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirov so‘zga chiqib, DOSAAFning tashkil etilishi tarixi, ushbu tashkilot tomonidan mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ko‘maklashish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Tadbir davomida  tashkilotda samarali mehnat qilib kelgan bir guruh soha xodimlari va faxriylar Rossiya Federatsiyasi “DOSAAF”ining yubiley medallari bilan taqdirlandi.

Yubiley munosabati bilan “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirov Belarus Respublikasi “DOSAAF”ining ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani ham ma’lum qilindi.

Shuningdek, “Vatanparvar” tashkiloti bilan faol hamkorlik qilib kelgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi polkovnik Baxrom Zulfiqorov “Vatanparvar” tashkilotiga 30 yil” esdalik belgisi bilan taqdirlandi.

 Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti