Namanganda “Uch avlod” uchrashuvi

0
3852

Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash markazida viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda koʻp yillar mudofaa tizimida faoliyat yuritgan va harbiy xizmat oʻtash tajribasiga ega boʻlgan faxriylar, oʻrta yosh avlod vakillari hamda shijoatli, iqtidorli yoshlar Vatan ravnaqi yoʻlida olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida fikr almashishdi.

Taʼkidlash lozimki, oʻrta va kichik avlod vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda, odatda samimiyat va maslahatlar ustuvorlik qiladi. Shu asnoda xulosalar qilinadi, boy tajribalar orttiriladi. Ustoz-shogird anʼanalarini uygʻunlashtirgan, keksalarning boy tajribalarini yosh avlodga ulashish maqsad qilingan mazkur uchrashuv ham shu kabi ruhda oʻtdi.

Oʻziga xos davra suhbatidan soʻng, “Yaxshidan bogʻ qoladi” shioriga amal qilgan holda markaz hududiga yangi manzarali koʻchatlar ekildi.

Shuningdek, Xotira va qadrlash maydonidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qoʻyilib, hurmat bajo keltirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati