Regbi sportini rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilish

0
4579

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati binosida mamlakatimizda regbi sport turini rivojlantirish, sportchilar uchun qulay shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, mudofaa vaziri oʻrinbosari polkovnik Alisher Narbayev, sportni rivojlantirish vazirligi mutasaddilari, regbi federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar va boshqalar ishtirok etishdi.

Yigʻilishda sportning regbi-7 turi boʻyicha Fransiyada boʻlib oʻtadigan harbiylar oʻrtasidagi 1- Jahon chempionatida Oʻzbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalarining ishtirokini taʼminlash hamda mamlakatimizda regbi sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha aniq takliflarni shakllantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti