Yoshlar harbiy qismda

0
2649

Fargʻona viloyati yoshlari Sharqiy harbiy okrugning Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda mehmon boʻlishdi.

Harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish asnosida yoshlarga harbiy qismdagi havo desant tayyorgarlik mashgʻulotlari olib boriladigan maydonchada parashyutlarni taxlash tartiblari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, harbiy prokuratura xodimlari yosh mehmonlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan mavzularda suhbatlar oʻtkazishdi hamda harbiy xizmatga oid yangi qabul qilingan qaror va farmonlar toʻgʻrisida maʼlumot berib, ularning harbiy kasbga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga hissa qoʻshishdi.

Mazkur tadbirlar yoshlarni harbiy kasb egalari hamda milliy armiyamiz haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati