Oʻzbekiston va Turkiya mudofaa vazirlari harbiy sohadagi hamkorlikka qaratilgan bitimni imzoladi

4634
Foto: Turkiya Mudofaa vazirligi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Tashrif davomida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida koʻp qirrali Oʻzbekiston—Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri armiya generali Hulusi Akar ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Hukumatlararo harbiy sohadagi Hadli bitimni imzoladi.

Mazkur hujjat harbiy sohaning ikki tomonlama hamkorligini mustahkamlashga, jangovar tayyorgarlik, harbiy taʼlim, hamda mudofaa sanoatini rivojlantirishga qaratilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti