Osiyo chempionatidan qaytgan baydarka va kanoechilarimiz tantanali kutib olindi

0
2979

Xabaringiz bor 24—27-mart kunlari Tailandda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan milliy terma jamoamiz aʻzolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Marosimda Mudofaa vazirligi Sport markazi ofiserlari, sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari, Energetika vazirligi masʻul shaxslari, Oʻzbekiston ROWING&CANOE federatsiyasi rahbariyati, Suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi vakillari, sportchilarimizning yaqinlari ishtirok etishdi.

Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchilarimizni qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlar ekan, eshkak eshuvchilarimizga joriy yil Xanchjou shahrida oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlarida ham mana shunday yuqori natijalar qayd etishlarini tilab qoldi.

Eslatib oʻtamiz, yoshlar va kattalar oʻrtasida tashkil etilgan musobaqada sportchilarimiz 16 ta oltin, 19 ta kumush va 8 ta bronza, jami 43 ta medal jamgʻarishgan edi.

Quvonarlisi, jamgʻarilgan medallarning teng yarmi Mudofaa vazirligi Sport markazi harbiy xizmatchi va Qurolli Kuchlar xizmatchi sportchilarining ulushidir.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti