Oʻzbekiston va Turkiya harbiy sohada ham hamkorlikni kuchaytiradi

0
2777

29-mart kuni davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga kelgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon va Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida OAV vakillari uchun brifing boʻlib oʻtdi.

Turkiya prezidenti Rejep Erdogʻanning aytishicha, ikki mamlakat oʻrtasida mudofaa tizimini yanada rivojlantirish kelishib olingan.

“Turizm sohasida hamkorligimiz kuchayib bormoqda. Oʻtgan yili Turkiyaga Oʻzbekistondan 270 mingdan ortiq sayyoh keldi. Mazkur koʻrsatkichni kelgusida 500 mingga olib chiqish rejamiz bor. Yana bir salohiyatli soha — mudofaa sanoati. Bugun imzolangan bitimlarda ham mudofaa tizimini yanada rivojlantirishga kelishib oldik. Shuningdek, taʼlim sohasida turk—oʻzbek universitetlari boʻyicha ham mutasaddilarga topshiriqlar berdik”, — deydi Turkiya prezidenti.