Urgutlik yoshlarning shijoatini oshirgan festival

0
2373

Samarqand viloyatida yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, iqtidori va isteʼdodini roʻyobga chiqarish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish maqsadida mahalla yoshlari bilan ishlash tizimini targʻib qilishga qaratilgan festivallar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi tadbir Urgut tumanidagi “Dehqonobod” MFYda oʻtkazildi. Unda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, tuman sektor rahbarlari, nuroniylar, yoshlar yetakchilari hamda mahallalardagi uch mingdan ortiq aholi va yoshlar ishtirok etishdi.

Festival davomida faxriy qorovulning koʻrgazmali, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi sahnasi, zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisining tashabbuskorligi, davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyishi, yoshlar bilan ishlash tizimini vatanparvarlik ruhida tashkil etishi ertamiz egalarida kuchli gʻurur va iftixor hissini uygʻotish bilan birga, yurt tinchligi va uning ravnaqiga hissa qoʻshishga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshirdi.

Samarqand garnizoni harbiy orkestr jamoasi va tuman madaniyat boʻlimining folklor jamoasi tomonidan namoyish etilgan kuy-qoʻshiqlar Urgutning qorli togʻlari uzra taralgan boʻlsa, oʻgʻil-qizlarning shoʻx-shodon oʻyin kulgulari esa urgutliklar uchun bir umr yodda qoluvchi taassurotlarni inʼom etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati