E’tibor va g‘amxo‘rlikdan onaxonning boshi osmonga yetdi

888

Hadisi sharifda aytilganidek, “Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak”. Shunday ekan, bu kabi xayrli ishlarni qilish, yaxshilik yo‘lidagi sa’y-harakat uchun bel bog‘lash insonga buyuk shon-sharafdir.

Bugun, 11-oktabr kuni “Keksalar hafataligi” doirasida Qurolli Kuchlari akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi, Xalqaro politsiya assotsiatsiyasi nogironlarni qo‘llab-quvvatlash fondi hamkorligida  I darajali serjant T. Xayrulinaning onasi Nina Nikolayevnaning holidan xabar olindi. Unga nogironlik aravachasi topshirildi.

– 6 yildan beri boshqalar ko‘magisiz yurolmayman, – deydi 81 yoshli Nina Nikolayevna. – Qizim Tatyana Xayrulina 18 yildan beri harbiy xizmatda ishlaydi. Shunga qaramay, ishidan arang ortib menga g‘amxo‘rlik qiladi. Bu aravacha kelgusidagi yumushlarimni osonlashtirishiga ishonaman.

Keksalarning ko‘nglini olish — ulug‘ fazilat! Mehmonlarning kichik sovg‘asi onaxonning ko‘ngliga xush yoqqan bo‘lsa ajabmas.

Azim AXTAMOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti