Urgutda mahalla yoshlari bilan ishlash tizimini targʻib qilishga qaratilgan festival oʻtkazildi

0
2332

Samarqand viloyatining Urgut tumanida yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, iqtidori va isteʼdoni roʻyobga chiqarish hamda hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga koʻmaklashish maqsadida mahalla yoshlari bilan ishlash tizimini targʻib qilishga qaratilgan festival tashkil etildi.

Tuman markazidagi sport maydonida oʻtkazilgan festivalda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligining, tumandagi sektor rahbarlari, nuroniylar, yoshlar yetakchilari hamda mahallalardagi uch mingdan ortiq aholi va yoshlar ishtirok etishdi.

Besh tashabbus asosida tashkil etilgan turli sport musobaqalari va madaniy-maʼrifiy kechalar va turli tanlovlar yoshlarning isteʼdodi hamda qobiliyatini namoyon etishga imkon berdi.

Festival davomida faxriy qorovulning koʻrgazmali, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi sahnasi, zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi hamda koʻchma tir majmualari milliy armiyamizning bugungi qudratini yaqqol namoyon etish bilan birga, yoshlarning harbiy xizmatchi boʻlish istaklarini oshirdi.

Mahalladagi yoshlar yetakchilarining tashabbuskorligi, davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyishi, yoshlar bilan ishlash tizimini vatanparvarlik ruhida tashkil etishi ertamiz egalarida kuchli gʻurur va iftixor hissini uygʻotib, yurt tinchligi va uning ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshishga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshiradi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati