Qirgʻiz Respublikasi mudofaa vazirining tashrifi

0
2405

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qirgʻiz Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Baktibek Asankaliyevich Bekbolotov rahbarligidagi delegatsiyani rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Yuksak martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov kutib oldi.

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik hamda mudofaa sohasidagi oʻzbek-qirgʻiz munosabatlarining holati, ularni kengaytirish choralari muhokama etilishi koʻzda tutilgan.

Ikki mamlakat Mudofaa vazirligi rahbarlarining uchrashuvida xalqlarimizni tarixan yaqin qoʻshnichilik aloqalari, yagona tarix, yagona din, madaniyat va urf-odatlarimizning birligi bogʻlab turishi, xalqlarimiz doim birgalikda yonma-yon yashab kelishgani, davlat rahbarlarining oʻzaro ishonchli va doʻstona aloqalari taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Qirgʻiziston Respublikasi bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalari bilan birga mudofaa sohasidagi oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Qirgʻiz delegatsiyasining tashrifi davomida mamlakatimizdagi oliy harbiy taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishuv, yurtimizning tarixiy hamda diqqatga sazovor joylariga sayohat ham koʻzda tutilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti