Urgut tumanida mahalla yoshlari yetakchilariga amaliy koʻmak berilmoqda

0
2926

Joriy yilning 19-yanvar kuni yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

Ushbu qarorga muvofiq Mudofaa vazirligi hamda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligining ishchi guruhi Samarqand viloyatning Urgut tumanida yoshlar siyosatining joylardagi ahvoli boʻyicha oʻrganish ishlarini olib bordi.

Dastlab ishchi guruh Urgut tuman sektor rahbarlari, mahalla yoshlari yetakchisi bilan suhbatlashib, ular mahallaning yoshlar lideri boʻlishi kerakligi, hududdagi uyushgan va uyushmagan yoshlarni toʻliq qamrab olish, ularni yurtimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlardan boxabar etgan holda hamfikr va hamqadam boʻlishga undashlari zarurligi aytib oʻtildi.

Shundan soʻng harbiy xizmatchilar tomonidan tumandagi 117 ta mahallalarda yoshlar yetakchilarining faoliyati, ularga yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha oʻrganilib, mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tadbirlarni tashkil etish, hududda street workout shaharchalarini barpo etishda sektor rahbarlari, harbiylar va yetakchilarning hamkorligi yoʻlga qoʻyildi.

Oʻrganishlar davomida harbiy orkestr jamoalari tomonidan mahallalarda ona Vatanni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar namoyish etilib, mahalladagi yoshlarda daxldorlik hissi oshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati