Sharqiy harbiy okrugda yangilanish bayrami shodiyonalari davom etmoqda

0
3065

Sharqiy harbiy okrugning Namangan garnizonidagi harbiy qismda Navroʻz bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir ishtirokchilarga bir olam zavq ulashdi.

Unda harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari harbiy xizmatchilarga mudofaa vazirining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi. Bir qator harbiy xizmatchilar Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining faxriy yorliq va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida harbiy qismda Navroʻz sayli ham tashkil etildi. Milliy oʻyinlar, kurash, varrak uchirish, tosh koʻtarish va bir qator xalq oʻyinlari oʻtkazildi. Osh musobaqalarida harbiy xizmatchilar oshpazlik sanʼatlarini namoyish qilishdi.

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida Navroʻz bayrami davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati