Artilleriyachilar dala yigʻinida oʻz mahoratlarini oshirdi

0
5396

Armiya azaldan mamlakat tayanchi, tinchlik va osoyishtalik garovi boʻlib kelgan. Zamon shiddati oshib borayotgan bugungi davrda milliy armiyamizni isloh qilish, uni har tomonlama rivojlantirish, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini mustahkamlab borish eng muhim talablardan biri sanaladi.

“Termiz” dala-oʻquv maydonida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari artilleriya va minomyot boʻlinmalari ishtirokida dala yigʻini oʻtkazildi.

Yigʻinda asosiy eʼtibor mutaxassislarning amaliy koʻnikmasini oshirish, artilleriya batareyalari oʻrtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, komandirlarning boʻlinmalarni jangovar vaziyatlarda boshqarish mahoratini oshirishga qaratildi.

Shuningdek, dala yigʻini davomida shaxsiy tarkibning oʻzaro tajriba almashish, turli vaziyatlarda jismoniy-ruhiy holati va chidamlilik sifatlarini mustahkamlash, shuningdek jangovar shayligini oshirish kabi masalalarga ham alohida urgʻu berildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni