Fotoreportaj: faxriylar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

0
692

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” tadbirlari doirasida Mudofaa vazirligi Sport markazida faxriylar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirning tantanali ochilish marosimida mas’ul ofitserlar, vazirlik Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Faxriylar kengashi vakillari ishtirok etdi. Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari hamda harbiy orkestr tomonidan vatanparvarlik mavzusidagi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Yakunda faxriylar sovg‘a-salomlar bilan rag‘batlantirildi.