Yoʻl-transport hodisalaridan ogohlikka daʼvat

0
2906

Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismda Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorat inspeksiyasi boshligʻi podpolkovnik B.Annayev, harbiy qism qoʻmondonligi, Samarqand viloyati IIB YXHB mutaxassislari ishtirokida yoʻllarda harakatlanish davomida ogohlikni oshirish hamda koʻngilsiz hodisalardan saqlanish boʻyicha profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalarining tub mohiyatiga eʼtibor qaratilib, ularning aksariyati yoʻl-trasport hodisalari avtoulov tezligini oshirish, yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol tarzda buzish hamda haydovchilar oʻrtasidagi oʻzaro hurmatsizlik ortidan kelib chiqayotganligi taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan shaxsiy avtotransport vositasi boʻlgan harbiy xizmatchilarga yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan yangilik va oʻzgarishlar bilan bir qatorda, yoʻl-transport hodisalarining ayanchli oqibatlaridan saqlanish boʻyicha nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu boʻyicha ogohligini oshirishga qaratilgan videorolik namoyish qilindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti