“Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi”da vakillarimizdan medallar shodasi

0
2686

Tehron shahrida “Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi” musobaqasi yakuniga yetdi. Soʻnggi kunda 8 nafar taekvondochimiz dayanga chiqib, ularning yarmi shohsupaga koʻtarildi.

Quvonarlisi, -68 kg vazn toifasida “Tokio-2020” Olimpiadasi chempioni, Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi QK xizmatchisi Ulugʻbek Rashitov finalga yana bir hamyurtimiz Diyor Tuxliboyev bilan birga yetib keldi. Biroq bu jang oʻtkazilmadi va Rashitov oltin, Tuxliboyev kumush medali sohibiga aylandi. Xuddi shu vaznda oʻzbekistonlik Najmiddin Qosimhojiyev bronza medaliga ega boʻldi.

Bundan tashqari ushbu musobaqada Mudofaa vazirligi sport markazi sportchilari -63 kg. vaznda Niyaz Pulatov kumush, -74 kg. Vaznda Jasur Jaysunov hamda -87 kg. Vaznda Nikita Rafalovich bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Terma jamoamiz mazkur musobaqada umumiy 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallarga ega chiqdilar. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi mamlakatimiz taekvondo WT assotsiatsiyasi va terma jamoamizni mazkur musobaqada qayd etilgan natija bilan tabriklab, keljakdagi faoliyatlarida yorqin gʻalabalar tilab qoladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti