Fotoreportaj: Chirchiqda mudofaa vaziri kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy sport musobaqasi boʻlib oʻtdi

0
5358

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida Chirchiq shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida mudofaa vaziri kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy sport musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musoboqada yoshlar harbiy estafeta, tibbiy estafeta, “Temur tuzuklari”dan test, saf qoʻshiqlari va panoramali elektron oʻq otish trenajyoridan amaliy otish mashqlarini bajardilar. Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra faxrli birinchi oʻrinni 10-umumtaʼlim maktabi, ikkinchi oʻrinni 21-umumtaʼlim maktabi va uchinchi oʻrinni 17-umumtaʼlim maktabining oʻquvchilari qoʻlga kiritishdi. Musobaqa soʻngida gʻolib jamoa va faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.