Fashistlar konslagerlarida bo‘lgan jasur ayol oramizda

0
823

Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi ofitserlari “Keksalar haftaligi”ni namunadagidek o‘tkazish maqsadida Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari, oilalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari bilan hamrohlikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari holidan xabar olishdi.

Shunday yo‘qlovlardan biri Degtyarovlar xonadoniga bo‘ldi. Qariyib 75 yildirki, Anatoliy Degtyarov hamda Mariya Degtyarovalar bir birini qo‘llab-quvvatlab, mustahkam oilalar qatorida farovon hayot kechirib kelishmoqda. Baxtiyor oila vakillari suhbatlar jarayonida ularga ko‘rsatilayotgan bunday ehtirom va g‘amxo‘rlikdan xursand ekanini ma’lum qildi hamda vazirlik mas’ullarining bu qilgan ishini alohida e’tirof etishdi.

Eslatib o‘tamiz, Mariya Degtyarova sovuq urush yillarida, xususan, Leningrad qamali davrida xizmat qilgan, fashistlarning konslagerlarida bo‘lgan ayol. Onaxon haligacha o‘sha mash’um davrlarni eslab, bugungi tinch va osuda kunlarga shukrona keltiradi.

Leningrad blokadasi – salkam uch yil davom etgan harbiy qamal bo‘lib, hozirgi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan. Qamal Ikkinchi jahon urushi davrida moviy divizion vakillari – nemis, fin va ispan qo‘shinlari tomonidan shaharni egallash va uni yo‘q qilish maqsadida amalga oshirilgan.

Shu tariqa faollarning keyingi manzili Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qilib kelayotgan zaxiradagi polkovnik Shavkat Toirov xonadoni bo‘ldi. U bir necha yillar mobaynida Mudofaa vazirligi tashkiliy-safarbarlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan. Bugungi kunga kelib qarilik gashtini surayotgan otaxon o‘zi faoliyat yuritgan soha vakillarining yo‘qlovidan minnatdor ekanini bildirdi.

Faxriylar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda Mudofaa vazirligi Maxsus-avariya tiklash boshqarmasi xodimlari o‘zlarining turli kuy va qo‘shiqlari bilan xonadon egalariga ko‘tarinki kayfiyat va quvonch ulashdilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti